Tax Free qaytarish
Keshbek sifatida tovar qiymatining 10% gacha qiymatini bank kartangizga qayating
Faqat Rossiya federatsiyasidan eksport qilinadigan tovarlar uchun!*
*aktsiz to'lanadigan tovarlar bundan mustasno
DigiTaxFree
DigiTaxFree – bu Tax Free tizimi bo'yicha Rossiya Federatsiyasining norezident xorijiy xaridorlariga QQSni qoplash uchun elektron servisni taqdim etadigan raqamli platforma.
Elektronika va gadjetlar
Salomatlik va go'zallik uchun tovarlar
Kiyimlar
Sovg'alar va ko'plab boshqa narsalar
Zargarlik buyumlari
10%
Ushbu toifadagi tovarlarni hamkor do'konlardan sotib olgan holda tovar qiymatining 10% gachasi kartangizga qaytariladi
CASHBACK CASHBACK CASHBACK CASHBACK CASHBACK CASHBACK CASHBACK CASHBACK
yordamida
xaridlaringizni yanada foydali qilamiz
Bizning Telegram botimiz sizga Tax Free-ni rasmiylashtirishga yordam beradi
Rossiya federatsiyasi hududidan chiqib ketayotganda bojxonaga belgi qo'ying
Xarid qilingan kuni Tax Free chekni ilova yoki veb-saytdan oling
Bir kunda bitta do'konda 10 000 ₽ dan boshlab summadagi tovarlarni sotib olish
Bank kartangizga pulni qaytarib oling
DigiTaxFree qanday ishlaydi?
“Customs Tax Free Control” bojxona nazorati punktini toping
Tovar chekini bojxona nazoratiga qadar saqlang
Yorliqlarni, birkalarni olib tashlamang yoki tovarlarni bojxonadagi ko'zdan kechirishdan oldin ularni ochib tashlamang
Siz sotib olgan tovarlarning olib chiqilishini tasdiqlovchi Federal bojxona xizmati belgisini olishni unutmang
TaxFreeni rasmiylashtirishda foydali maslahatlar:
Bojxonada:
10 ming ₽ qaytarish uchun sotib olishning minimal summasi
Faqat qog'oz shakllarisiz tartibga soling
Android foydalanuvchilari uchun qulay mobil ilova
Ko'p funktsiyali sayt
15 ish kuni ichida MİR kartasiga qaytarish
DigiTaxFreening afzalliklari
Tez-tez so'raladigan savollar
DigiTaxFree tizimi orqali kompensatsiya olish shartlari qanday?
Siz DigiTaxFree tizimidan foydalanishingiz va Tax Free kompensatsiya olishingiz mumkin, agar:
  1. Siz 18 yoshga to'ldingiz.
  2. Siz YeOII tarkibiga kirmaydigan xorijiy davlat fuqarosi hisoblanasiz (YeOII mamlakatlari: Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog'iston va Qirg'iziston).
  3. Siz Rossiya hududida bir kalendar kuni ichida DigiTaxFree tizimiga ulangan bitta chakana do'kon( do'konlar ro'yxati saytda joylashtirilgan) da 10 000 rubldan (soliqlarni hisobga olgan holda) xaridlarni amalga oshirdingiz.
  4. Siz sotib olingan tovarni sotib olingan kundan boshlab 3 oy ichida Evroosiyo iqtisodiy Ittifoqining bir qismi bo'lgan mamlakatdan tashqariga olib chiqdingiz.
Tax Free kompensatsiya qanday amalga oshiriladi?
  1. Kalendar kuni uchun bitta chakana savdo do'konida 10 000 rubldan boshlab (soliqlarni hisobga olgan holda) xaridlarni amalga oshiring.
  2. Bizning saytimiz, mobil ilovamiz, o'z-o'ziga xizmat ko'rsatish terminalimiz yordamida kassa cheklari asosida xarid qilish kunida Tax Free o'z elektron chekingizni shakllantiring.
  3. Tax Free chekni rasmiylashtirishda siz Rossiya Federatsiyasi hududiga u bo'yicha kirgan o'z xorijiy (Yevroosiyo iqtisodiy Ittifoqi a'zosi bo'lmagan) davlat fuqarosining pasportidan foydalaning.
  4. Tax Free elektron chekda to'lash uchun kiritilgan Sizning shaxsga doir ma'lumotlaringiz va ma'lumotlaringiz to'g'ri ekanligiga ishonch hosil qiling. Tax Free elektron chek shakllantirilgandan so'ng, biz uni avtomatik ravishda bojxona organi (Federal bojxona xizmati) ga yuboramiz.
  5. Rossiya Federatsiyasidan chiqib ketganingizda, bojxona o‘tkazish punktida Rossiya hududiga u bo'yicha kirgan o'z xorijiy (Yevroosiyo iqtisodiy Ittifoqi a'zosi bo'lmagan) davlat fuqarosining pasportini, shuningdek sotib olingan Tovarlarni va Tax Free chek raqamini taqdim eting (sizga do'kondan tovar chekini o‘z yoningizda olib yurishingizni maslahat beramiz).
  6. Siz sotib olgan tovarlarning Yevroosiyo iqtisodiy Ittifoqi (YeOII mamlakatlari: Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog'iston va Qirg'iziston) tashqarisiga olib chiqilganligini tasdiqlovchi Tax Free chekning elektron shaklida bojxona organining belgisini oling.
  7. Bojxona organining elektron belgisi qo'yilganidan so'ng, QQS kompensatsiyasi to'lovi avtomatlashtirilgan rejimda Tax Free chekda ko'rsatilgan Sizning bank kartangizga amalga oshiriladi.
Mustaqil ravishda Tax Free chekni qanday rasmiylashtirish mumkin?
Siz bizning veb-saytimizda, DigiTax mobil ilovasida, do'kon xodimlari yordamida yoki savdo markazidagi o'z-o'ziga xizmat ko'rsatish terminalida Tax Free chekini yaratishingiz mumkin. Tax Free chekini yaratish uchun sotib olingan tovarlar uchun fiskal cheklar, Rossiya Federatsiyasi hududiga u bo'yicha kirgan pasport va QQS kompensatsiyasini hisobga olish uchun bank kartasi rekvizitlari kerak. Iltimos, mobil ilovalarimiz va o'z-o'ziga xizmat ko'rsatish terminalimizda mavjud bo'lgan oddiy yo'riqnomalarga amal qiling.
Tax Free chekim bo'yicha ma'lumotlarni qanday bilish mumkin?
DigiTaxFree xizmatidan qaysi do'konlarda foydalanib qolishim mumkin?
Agar Siz do'konda DigiTaxFree nakleykasiini ko'rsangiz, u holda do'kon bizning tarmog'imizga ulangan va Siz unda xaridlar uchun Tax Free kompensatsiyasini rasmiylashtirishingiz mumkin.
Veb-saytimizda qulaylik uchun biz ularning manzillarini xaritada ko'rsatish bilan DigiTaxFree xizmatining hamkor do'konlari ro'yxatini tayyorladik.
QQS kompensatsiyasini olish uchun xaridning minimal miqdori qancha bo'lishi kerak?
QQS kompensatsiyasini olish uchun bitta do'konda bir kunda amalga oshirilgan xaridlarning minimal miqdori 10 000 rublni tashkil qilishi kerak.
Tax Free shaklda bojxona belgisini qayerdan olishim mumkin?
Siz bojxona belgisini quyida sanab o'tilgan o'tkazish punktlaridan birida olishingiz mumkin.
Rossiya Federatsiyasining davlat chegarasi orqali o'tkazish punktlari:
1) Avtomobil o'tkazish punktlari
  1. Brusnichnoye
  2. Zabaykalsk
  3. Ivangorod
  4. Kraskino
  5. Kyaxta
  6. Mamonovo (Gjexotki)
  7. Svetogorsk
  8. Torfyanovka
2) Havo o'tkazish punktlari
  1. Vladivostok (Knevichi)
  2. Volgograd (Gumrak)
  3. Yekaterinburg (Koltsovo)
  4. Jukovskiy (Moskva viloyati)
  5. Irkutsk
  6. Qozon
  7. Kaliningrad (Xrabrovo)
  8. Krasnoyarsk (Yemelyanovo)
  9. Moskva (Vnukovo)
  10. Moskva (Domodedovo)
  11. Moskva (Sheremetyevo)
  12. Nijniy Novgorod (Strigino)
  13. Rostov-na-Donu (Platov)
  14. Samara (Kurumoch)
  15. Sankt-Peterburg (Pulkovo)
  16. Saransk
  17. Sochi
  18. Ulan-Ude (Muhino)
  19. Xabarovsk (Noviy)
  20. Chita (Kadala)
3) Dengiz o'tkazish punktlari
  1. Sankt-Peterburgning katta porti
  2. Vladivostok
  3. Sankt-Peterburg yo'lovchi porti
4) Aralash o'tkazish punktlari
  1. Blagovechensk
Tax Free shaklini qaerdan yozdirib olishim mumkin?
Tax Free shaklni bizning veb-saytimizda, DigiTaxFree mobil ilovasida, Siz xaridni amalga oshirgan savdo markazidagi o'z-o'ziga xizmat ko'rsatish terminalida yozdirib olishingiz mumkin.
Do'kon DigiTaxFreega ulangan bo'lishi kerak.
Qaysi tovarlarga Tax Freeni rasmiylashtirib bo'lmaydi?
Aktsiz ostidagi deb tan olingan tovarlarni, shu jumladan alkogol va tamaki mahsulotlarini sotib olishda QQS kompensatsiyasi amalga oshirilmaydi.
Tax Free kompensatsiyasi qanday muddatlarda amalga oshiriladi?
Mablag'lar kompensatsiyasi MİR bank kartasi hisobvarag'iga, qoida tariqasida, DigiTaxFree operatorining hisobvarag'idan qaytarish summasi Sizning bankingizga o'tkazilgandan keyin 15 ish kuni ichida amalga oshiriladi.
Tax Free kompensatsiyasi uchun qanday muddatda murojaat qilish mumkin?
QQS kompensatsiyasini olish huquqiga ega bo'lgan xaridor Do'konda tovarlarni sotib olgan kundan boshlab 1 yil ichida QQS kompensatsiyasi uchun murojaat qilishi mumkin.
Tovarlarni sotib olgandan bir kun o'tgach, Tax Free kompensatsiyasini rasmiylashtira olamanmi?
Tax Free cheki xarid qilingan kun shakllantirilishi kerak.
Siz xarid amalga oshirilgan paytdan boshlab 3 oy ichida Tax Free kompensatsiyani rasmiylashtirishingiz mumkin.
DigiTaxFree operatori bilan qanday bo'g'lanish mumkin?
DigiTaxFree qo'llab-quvvatlash xizmati bilan:
Qaysi hududlarda men Tax Free chekini yozdirib olishim mumkin?
Siz Tax Free chekini :
  1. Moskva va Moskva viloyatida
  2. Sankt-Peterburgda
  3. Artyomda
  4. Blagoveshchenskda
  5. Vladivostokda
  6. Komsomolsk-na-Amureda
  7. Naxodkada
  8. Ussuriyskda
  9. Xabarovskda yozdirib olishingiz mumkin
Tax Free kompensatsiyasi qaysi valyutada amalga oshiriladi?
QQS kompensatsiyasi to'lovi faqat Sizning bank kartangizga rublda amalga oshiriladi, shu bilan birga pul mablag'larini o'thazish Sizning bank kartangiz valyutasida emitent bankning kursi bo'yicha amalga oshiriladi.
Uyga qaytishdan oldin tovarlardan foydalansam bo'ladimi?
Bojxona ko'rigidan o'tishdan oldin yorliqlar va birkalarni olib tashlamang, xaridlarni ochib tashlamang yoki tovarlarni bagajga topshirmang.
24/7 davomida 3 tilda mijozlarni qo'llab-quvvatlash xizmati
Biz har doim yordam berishga tayyormiz
Bizning bo'g'lanish uchun ma'lumotlarimiz
8 800 222 20 44
customerservice@digitaxfree.ru
Made on
Tilda